Ostonadagi chiqindilarni qayta ishlash zavodida noqonuniy mehnat qilayotgan 37 nafar o'zbekistonlik qo'lga olindi

    Qozog'iston Respublikasi IIV Migratsiya xizmati qo'mitasi poytaxtda kun davomida 119 nafar qonunbuzar muhojirlar aniqlanganini ma'lum qildi.

    Ma'lum qilishinishicha, chiqindilarni qayta ishlash zavodi hududida olib borilgan ishlar davomida noqonuniy mehnat faoliyatini olib borayotgan 37 nafar O'zbekiston fuqarosi aniqlangan.

    Shuningdek, xonadonlar, xostellar, yotoqxonalar, qurilish maydonchalari, ishlab chiqarish maydonchalari va bozorlar ko'zdan kechirildi.

    Migratsiya xizmati qo'mitasi xodimlari qonunchilikka rioya qilishga chaqirib, tegishli ruxsatnomasiz yurgan xorijliklarni ish beruvchi tomonidan qayta ishga yollash uchun jinoiy javobgarlik haqida ogohlantirdi, deb xabar beradi zakon.kz.