Musobaqada Andijon, Farg‘ona, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlari hamda Toshkent shahridan iqtidorli yosh chavandozlar g‘oliblik uchun kurashdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, o‘smirlar o‘rtasida buxorolik Umid Vafoyev "Maksimal" laqabli tulporida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, yoshlar orasida esa "Kross" laqabli otida ishtirok etgan qashqadaryolik Abror Esonovga teng keladigan raqib topilmadi.

Shuni alohida qayd etish joiz, Esonov o‘z omadini "Miragi" laqabli tulporida ham sinab ko‘rdi va bu chiqishi unga kumush medalni taqdim etdi.

Quyida ot sportining uchkurash yo‘nalishi bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatining g‘olib va sovrindorlari bilan tanishing:

O‘smirlar:

  1. Umid Vafoyev (Buxoro) – "Maksimal" laqabli tulporda,
  2. Yelizaveta Karachan (Toshkent sh.) – "Artur-2" laqabli tulporda,
  3. Maksim Dvoryanskiy (Toshkent sh.) – "Allagir" laqabli tulporda.

Yoshlar:

  1. Abror Esonov (Qashqadaryo) – "Kross" laqabli tulporda,
  2. Abror Esonov (Qashqadaryo) – "Miragi" laqabli tulporda,
  3. Eldor Erkinov (Farg‘ona) – "Farishta" laqabli tulporda.