Biroq, voyaga yetmagan farzandining moddiy taʼminoti uchun sud tomonidan belgilangan aliment toʻlovini oʻz vaqtida va belgilangan tartibda amalga oshirib kelayotgan otalar koʻpchilikni tashkil etadi.
Masalan, Fuqarolik ishlari boʻyicha Gʻijduvon tumanlararo sudining 13.07.2021 yildagi qarzdor Н.Эргашевдан undiruvchi М.Ражабова foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy taʼminoti uchun qarzdorning ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3-qismi miqdorida aliment undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati Byuroning Gʻijduvon tuman boʻlimi ish yurituviga kelib tushgan edi.
Ijro harakatlari davrida, Н.Эргашев 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari uchun aliment mablagʻlarini oldindan toʻlab berib, oʻz majburiyatini ado etishni maʼqul koʻrdi va ota 2029-yilga qadar 137 mln. soʻm aliment pullarini oldindan toʻlab berdi.