Ziyodilla Matqosimov Pop tumani Yаngier mahallasida istiqomat qiladi. Turmush o‘rtog‘i Sohiba Jo‘raeva ajrashib ketishgan edi. Matqosimovdan fuqarolik ishlari bo'yicha Chust tumanlararo sudining buyrug'iga ko‘ra 2 nafar voyaga etmagan farzandi uchun har oyda topgan daromadidan aliment undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati Byuroning Pop tuman bo‘limi ish yurituviga olingan voyaga etmagan farzandlar uchun aliment mablag‘lari o'z vaqtida undirib berib kelinayotgan edi. Albatta, davlat ijrochilari tomonidan ushbu ajrashib ketgan er-xotin bilan oila, uni asrab avaylash, qadriga etish kabi berilgan tushuntirishlar samara berib, kuni kecha bo‘lim binosida yarashishga ahd qilishdi.
— Albatta, bugun aliment mablag‘larini farzandlarim uchun vaqtida olarman, lekin ota mehri bolajonlarim uchun har narsadan ustun ekanligini his etdim, — deydi Sohiba Jo‘raeva. — Mana bugun turmush o‘rtog‘im bilan yarashishga ahd qildik. endi oilamiz yana tiklanib, farzandlarimizga birga tarbiya beramiz. Buning uchun Byuroning tuman bo‘limiga rahmat.
Darhaqiqat, Byuroning tuman bo‘limi tomonidan hokimlik, davlat va nodavlat tashkilotlar, keng jamoatchilik ishtirokida har bir mahallalarda alohida tushuntirishlar olib borilmoqda. Unda oilalarni mustahkamlash, notinch oilalardagi muammo va nizolarni bartaraf etish, ajrashishlarning oldini olish, ajrashish yoqasida turgan oilalarni yarashtirish masalalari alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Umuman olganda, tuman bo‘lim ish yurituvida bugungi kunda 1880 ta aliment bilan bog‘liq ijro hujjatlari mavjud. Joriy yilning o‘tgan 5 oy mobaynida bo‘lim tomonidan 1 mlrd 250 mln so‘m atrofida aliment mablag‘lari undirildi. SHuningdek, vaqtincha ishsiz aliment to‘lovchilar bandlikka ko‘maklashish markazlari bilan hamkorlikda bandligi ta'minlanmoqda.
Xususan, shu kunga qadar 70 nafar ana shunday fuqarolar turli korxona, tashkilotlar va jamiyatlarga ishga qabul qilinib, har oy o‘z farzandlari uchun moddiy ta'minotni berib kelishmoqda.
MIB Namangan viloyat boshqarmasi