Ijtimoiy himoya milliy agentligining xabar berishicha, voyaga yetmagan fuqaro Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga vaqtincha joylashtirildi.

Bolani “Inson“ ijtimoiy xizmatlar markazi koʻmagida oldindan tayyorlangan ota tarafdagi oilasi kutib oldi. Voyaga yetmagan fuqaro uchun ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash ishlari uning doimiy yashash joyida davom ettiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining samarali hamkorligi natijasida 2025-yil 15-may holatiga qadar jami 54 nafar voyaga yetmagan fuqaro vatanga qaytarildi.