Ota-onalar ishlaydigan ishlab chiqarish korxonasiga sayohat

    Keyingi avlod 11 Sentabr 2020 1614

    Buxoro neftni qayta ishlash zavodi oʻz xodimlarining farzandlariga ota-onalari ishlaydigan ishlab chiqarish korxonasiga tashrif buyurish imkoniyatini berdi.

    Oʻquv yili boshlanishi arafasida zavod rahbariyati tashabbusi bilan birinchi marta zavodda umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi. Ushbu ekskursiya Buxoro neftni qayta ishlash zavodining “Yoshlar ittifoqi” boshlangʻich tashkiloti tomonidan tashkil etildi.

    Ekskursiya davomida bolajonlar zavod haqida qiziqarli hikoyalarni tingladilar. Ular neft mahsulotlari qayerda saqlanishi, tozalash inshootlari, neftni qayta ishlashning turli jarayonlari qanday oʻtishi va dizel yoqilgʻisi benzindan qanday farq qilishini, neftni qayta ishlash 100-yildan ortiq tarixga ega ekanligi va korxona 15 ga yaqin mahsulot ishlab chiqarishini bilib oldilar.

    Bolalar qayta ishlash jarayoni qanday oʻtayotgani, gaz niqobi va himoya kaskasi nima uchun kerakligi bilan qiziqishdi.

    Tafsilotlarga boy hikoyadan soʻng ishtirokchilarga ota-onalari qayerda ishlashlari va nima bilan shugʻullanishlari yana-da oydinlashdi.

    Maktab oʻquvchilari, ayniqsa, harbiylashtirilgan gazdan qutqaruv otryadiga tashrif buyurganlaridan quvonishdi. Qutqaruvchi xodimlar ekskursiyachilarga nafaqat otryad qanday ishlashi haqida gapirib berishdi, balki zudlik bilan oʻquv amaliy mashgʻulotini namoyish etishdi.

    Bolalar neft, ishlab chiqarish va xavfsizlik qoidalari toʻgʻrisida koʻplab maʼlumotlarni bilib oldilar.

    Ekskursiya yakunida har bir oʻquvchiga esdalik sovgʻalari topshirildi.

    Inson kelajakdagi kasbini tanlash haqida qanchalik erta oʻylay boshlasa, hayotining keyingi bosqichlarida unga shuncha osonroq boʻladi. Ushbu ekskursiyadan soʻng baʼzi bolalar oʻzlarining hayotlarini neftni qayta ishlash zavodi bilan bogʻlashni istashlarini tan olishdi.

    Aleksandr Zotov.