Ota-onalar xususiy bolalar bogʻchalari va maktablarga toʻlov uchun daromad soligʻi toʻlamaydi

    Nodavlat maktabgacha yoki maktab taʼlim tashkilotida oʻqish pullik hisoblanadi. Endi ota-ona (farzandlikka oluvchi)ning buning uchun har bir farzandga oyiga 3 mln soʻm doirasidagi xarajatlari soliq solishdan ozod qilinadi.

    Bu haqda Soliq xizmati xabar berdi.

    OʻRQ 785-son 26.07.2022-yil Qarorga koʻra, ushbu imtiyoz orqali ota-onaning (farzand asrab oluvchining) har bir bola uchun oyiga 3 mln soʻm miqdoridagi xarajatlari soliqdan ozod etildi.

    Masalan, ota (ona)ga uning ish joyi boʻyicha har oyda 720 ming soʻm (6 mln soʻmdan 12%) JSHODS ushlab qolingan holda 6 mln soʻm ish haqi hisoblanadi.

    U buxgalteriyaga oʻz farzandining taʼminoti uchun MTTga har oyda 2,5 mln soʻm oʻtkazish haqida ariza taqdim etadi.

    Ushbu 2,5 mln soʻm uchun soliq hisoblanmaydi. Buxgalteriya faqat 3,5 mln soʻm (6 mln soʻm — 2,5 mln soʻm) farqdan soliq ushlab qoladi. Soliq 420 ming soʻmni (3500 x 12%) tashkil qiladi. Ota (ona) soliqdan oyiga 3 00 ming soʻm tejaydi.

    Imtiyoz qanday qoʻllaniladi?

    Ota (ona) imtiyozni:

    — oʻz korxonangizning buxgalteriyasiga mablagʻlarni nodavlat maktabgacha yoki maktab taʼlim tashkilotiga oʻtkazish haqida ariza va toʻlovga schyot (shartnoma) taqdim etgan holda ish joyi boʻyicha;

    ▫️soliq xizmatiga yil yakunlari boʻyicha daromadlar toʻgʻrisida deklaratsiya va oʻqish uchun toʻlov amalga oshirilganligi toʻgʻrisida hujjatlarni taqdim etgan holda qoʻllashi mumkin.