Otabek Boymurodov – “Kelajak yulduzi” nominatsiyasi gʻolibi

    U soʻrovnomada Iroq, Yaponiya va Janubiy koreyalik tengdoshlarini ortda qoldirdi

    OFK U-20 Osiyo Kubogi ishtirokchilari orasidan 4 futbolchini tanlab, ijtimoiy tarmoqda “Kelajak yulduzi” nominatsiyasi boʻyicha soʻrovnoma oʻtkazdi.

    Unda Oʻzbekiston yoshlar jamoasi posboni, turnirning eng yaxshi darvozaboni Otabek Boymurodov gʻolib deb topildi.

    Otabek soʻrovnomada Ali Jassim (Iroq), Naomi Kumata (Yaponiya) va Kim Yong Hakni (Janubiy Koreya) ortda qoldirdi.