Birlashgan Arab Amirliklarining “Sharja” klubi yarim himoyachisi, hamyurtimiz Otabek Shukurov Turkiyaning “Fotih Karagyumruk” jamoasida faliyatini davom ettiradi. 

Turk klubi matbuot xizmati kecha o'zbekistonlik 26 yoshli futbolchi transferini rasman e'lon qildi. 

Ayni paytda “Fotih Karagyumruk”ga “Yuventus”ning sobiq yarim himoyachisi va murabbiyi Andrea Pirlo bosh murabbiylik qilmoqda. Jamoa o'tgan mavsumda Turkiya Superligasida 8-o'rinni egallagandi.