Tadbirda soʻz olganlar yurtimizda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan islohotlar, yosh avlodni koʻp asrlik anʼanalarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashda nuroniy otaxon-onaxonlarning alohida oʻrni bor ekanligini qayd etib, nuroniylarga berilayotgan eʼtibor haqida toʻxtaldilar.

Bayram tadbiri davomida yurt rivoji, mahalla tinchligi va yosh avlodning munosib tarbiyasiga oʻz hissasini qoʻshib kelayotgan nuroniylarga izzat-ehtirom koʻrsatilib, tashkilotchilarning esdalik sovgʻalari topshirildi.

Oylik doirasida tumanda nuroniylar va yoshlar uchrashuvlari, Namangan oʻlkashunoslik muzeylariga sayohatlar tashkil etildi.

Tadbir davomida Buxoro va Samarqand shaharlariga nuroniylar uchun bepul sayohatlar tashkil etilishi ham maʼlum qilindi. Xushovoz sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan milliy kuy-qoʻshiqlar, yosh ijodkorlarning chiqishlari esa barchaga yanada koʻtarinkilik bagʻishladi.