Bugun va ertaga Oʻzbekiston hududi boʻyicha quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati bugun kunduzi 8-13daraja iliqni tashkil etadi, ertaga 12-15 daraja iliqqacha biroz koʻtariladi, kechalari termometr ustuni 0 daraja atrofida boʻladi.

Ertaga kechasi va ertalab respublika boʻyicha baʼzi joylarga tuman tushadi, kunduzi va kechqurun ayrim joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

5-yanvar — juma kuni Oʻzbekistonning markaziy va janubiy hududlarida kechasi va ertalab yomgʻir yogʻishi, togʻli hududlarda qor yogʻishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq atrofida boʻladi.

Poytaxtimizda: yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 5-yanvarda kechasi va ertalab yomgʻir yogʻishi mumkin.

Harorat bugun kunduzi 10-12 daraja iliq, 4-yanvarda kechasi 0-2 daraja iliq boʻladi, kunduzi havo 13-15 daraja iliqgacha isiydi, 5-yanvarda kechasi 2-4 daraja iliq boʻladi, kunduzi 11-13 daraja iliqgacha pasayadi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati agentiligi.