OTB bilan kelishuv imzolandi

    Energetika 8 Iyun 2023 1347

    Joriy yil 6-iyunda Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari Sharof Raxmanov Osiyo Taraqqiyot banki DXSH ofisining direktori Takeo Koike boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

    Oʻzaro hamkorlik istiqbollari muhokama etilgan uchrashuvda infratuzilmaviy, aholi turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan investitsion loyihalar koʻrib chiqildi.

    Shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish loyihasiga alohida eʼtibor qaratilib, Toshkent shahrida qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish sohasida toza energiyani ishlab chiqarish loyihasi boʻyicha konsultatsiya xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisida kelishuv imzolandi.

    Toshkent shahar hokimligi va Osiyo Taraqqiyot banki oʻrtasidagi strategik hamkorlik shaharni barqaror rivojlantirish uchun keng imkoniyatlarni ochadi. Uchrashuv yakunida taraflar loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshishiga ishonch bildirib, umumiy maqsadlar yoʻlida hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.