Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmatining xabarishicha, loyiha doirasida maktablarda 7−11-sinflarda STEM yoʻnalishida taʼlimini rivojlantirishga qaratilgan.
STEM fanlari (Science, Technology, Engineering, Mathematics) boʻyicha oʻquv dasturlari va darsliklarning tandartlarini takomillashtirish, oʻqituvchilarni tayyorlash, maktablar uchun zarur jihozlarni sotib olish, maktab binolarini taʼmirlash va taʼlim texnologiyalarini rivojlantirish rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari, loyihada Oʻzbekistondagi maktablarda oʻquvchilar bilimini baholash tizimini takomillashtirish koʻzda tutilgan.
Loyiha 2020−2022-yillarda Oʻzbekistonda mamlakat operatsiyalarining biznes-rejasi, hukumatning soʻnggi tashabbuslari va Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq amalga oshiriladi, deyiladi xabarda.