Oʻtgan 7-yilda taʼlimni rivojlantirishga jami 216 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltirilgani aytildi

    Davlatimiz rahbari sohada amalga oshirilayotgan katta ishlar borasida baʼzi misollarni keltirdi.

    Oʻtgan 7-yilda taʼlimni rivojlantirishga jami 216 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi. Moddiy-texnik bazani mustahkamlash uchun byudjetdan 19,5 trillion soʻm sarflanib, 6 mingta davlat maktabi va 3,5 mingta bogʻcha rekonstruksiya qilindi va yangidan qurildi.

    Xususiy taʼlimga keng imkoniyatlar yaratilayotgani tufayli xususiy maktablar soni 27 tadan 500 taga yetdi, nodavlat bogʻchalar 250 tadan 30 mingtaga koʻpaydi.

    Bu moddiy resurslar birinchi navbatda intellektual-maʼnaviy resurslar bilan toʻldirilishi kerakligi, shundagina taʼlimda sifat, samara boʻlishi taʼkidlandi.

    Intellektual-maʼnaviy resurslar – bu avvalo oʻqituvchining bilim va tajribasi, mahorati, uning madaniy darajasi, maʼnaviy saviyasi deganidir.