Tuman va shaharlar ham 5 ta toifaga ajratildi, 60 ta tumanga alohida soliq, kredit va moliyaviy yordam rejimlari joriy qilindi.
Natijada bu tumanlardagi tadbirkorlar oʻtgan olti oyda qariyb 1 trillion soʻmlik imtiyozlardan foydalandi.
Buning hisobiga, 20 ta tumandagi tadbirkorlarning daromadi oʻtgan yilga nisbatan 1,5-2 baravargacha oshdi.
Qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarish muddati qisqartirilib, oʻtgan bir yil ichida 6 mingta korxonaga 20 trillion soʻm qaytarib berildi.
Ayniqsa, eksportdan valyuta tushumini kutmasdan, qoʻshilgan qiymat soligʻini intizomli eksportchi korxonalarga qaytarib berish tartibi joriy qilingani natijasida, 2 mingdan ziyod tadbirkorlar hisob-raqamiga 7 trillion soʻm kelib tushdi.
Samarasiz soliq mexanizmlarini qoʻllash oqibatida vujudga kelgan soliq qarzdorligidan voz kechilgani hisobiga, biznes ixtiyorida 2 trillion soʻm qoldi.