“Oʻzagrosugʻurta” AJ 2022-yilning oʻtgan 9 oyi davomida sugʻurtaning ijtimoiy ahamiyatidan kelib chiqib, oʻz faoliyatini mahallabay ishlash, aholi vakillari bilan muloqot tizimini yanada takomillashtirish maqsadida sayyor qabullar oʻtkazishdi.

Xususan, Boshqaruv rahbariyatining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo, Jizzax, Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahrida aholi vakillari uchun sayyor qabullar oʻtkazildi. Bundan tashqari, kompaniya xodimlari aholi xonadonlariga kirib, ularning talab va istaklarini ham oʻrganmoqda.

2022-yilning oʻtgan 9 oyi davomida fuqarolarimizdan jami 2 732 ta murojaat kelib tushdi. Mazkur murojaatlarning qariyb 90 foizi mazmunan sugʻurta qoplamasini toʻlab berish bilan bogʻliqligini aytish joiz.

Hisobot davrida “Oʻzagrosugʻurta” AJga kelib tushgan murojaatlardan 2 309 tasi qanoatlantirildi, 294 tasi yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilgan. Shundan 11 ta murojaat tegishliligi boʻyicha boshqa tashkilotlarga yoʻnaltirilgan boʻlsa, yana 46 ta murojaat qonun doirasida emasligi sababli koʻrib chiqish rad etilgan. Hozirgi kunda 72 ta murojaatni oʻrganish jarayoni davom etmoqda.