Olti oy davomida soliq mobil ilovasi orqali 2 mln.ga yaqin isteʼmolchiga 579,5 mlrd soʻm keshbek toʻlab berildi. Shuningdek, oʻzini oʻzi ish bilan band qilgan fuqarolar safi 688 mingtaga koʻpayib, jami 1 mln 600 mingga yetdi. 285 mingta yashirin ish oʻrini legalizatsiya qilindi.

Jismoniy shaxslarning 502 mlrd soʻmga yaqin penyasi va yakka tartibdagi tadbirkorning 476 mlrd soʻmdan ortiq soliq qarzi, penya hamda jarimalari hisobdan chiqarildi.

Noqonuniy savdoning oldini olish tadbirlari natijasida umumiy qiymati 1,2 mlrd soʻmga teng aksiz markasiz, eski va qalbaki aksiz markali, tegishli hujjatlarsiz hamda markirovkalanmagan alkogol va tamaki mahsulotlari savdosiga chek qoʻyildi. 

 Yuqoridagi omillar oʻz navbatida soliq tushumlariga ijobiy taʼsir koʻrsatib oʻtgan 6 oyida byudjetga 76,3 trln soʻm soliq tushumlari taʼminlanib, reja 101,8 foizga ijro etildi yoki 1,3 trln soʻm qoʻshimcha daromad boʻldi.