баннер
18 Fev 2025
12:04

    Oʻtgan yil qancha oʻzbekistonliklar turistik maqsadlarda Xitoyga safar qilgani ochiqlandi

    2024-yilda Xitoyga borgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining soni 2023-yil bilan solishtirilganda 8658 nafarga yoki 89,4 % ga oshgan.

    Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilda 18 347 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda Xitoyga safar qilgan.

    2024-yilda Xitoyga borgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha:

    — sayyohlik – 14 623 nafar
    — qarindoshlarni yoʻqlash – 1 908 nafar
    — xizmat yuzasidan – 1 021 nafar
    — oʻqish – 767 nafar
    — davolanish – 28 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Xitoyga borgan.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech