Qayd etilishicha, oʻtgan 2024-yil mobaynida Kadastr agentligi tomonidan olib boriladigan yer va kadastr nazorati yoʻnalishida amalga oshirilgan tadbirlar natijasida:
66 109 ta holatda 9 462,3 gektar yerlarning oʻzboshimchalik bilan egallab olish holatlari aniqlanib,
41 972 ta holatda 4 472,2 gektar yerda qonunbuzilish holatlari ixtiyoriy ravishda bartaraf etilgan.
Shuningdek, 21 459 ta holatda 4 654,1 gektar yerga daʼvo arizalari kiritildi. 5 561 ta (1 144,5 gektar) daʼvo arizalari sudlar tomonidan qanoatlantirildi va majburiy ijroga qaratilgan.
2 146 ta holatda esa jinoyat alomatlari boʻlgan materiallar prokuratura organlariga yuborilgan.