Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi boshqarma boshligʻi Azizjon Kalimbetov maʼlum qildi:
— Tashlanmalarning sohalar kesimidagi tahlili: 37,8 foizi — neft va gaz, 20 foizi — energetika, 19 foizi — metallurgiya sanoatlari hissasiga toʻgʻri keladi.
Sanoat tashlanmalarini kamaytirish maqsadida 2021-2023-yillarda respublika boʻyicha 53 ta ishlab chiqarish korxonasining qariyib 320 ta chang-gaz tozalash uskunalari modernizatsiya qilinadi.
Tashlanmalarga yana bir omil — transport va piyodalar oqimi kesishadigan joylar, yonilgʻi sifati va magistral yoʻllarning yuklama darajasi yuqoriligi natijasida avtotransportlardan atrof-muhitga yetkazilayotgan zarar yildan-yilga ortmoqda: oʻtgan yilda atmosfera havosiga 1,3 mln tonna chiqindi gazlari tashlangan.