баннер
11 Apr 2025
16:30

    Oʻtgan yilda qancha odam jinoyat sodir etganligi uchun qamalgani ochiqlandi

    Oliy sud 2024-yilda koʻrib chiqilgan jinoyat ishlari yuzasidan maʼlumotlarni eʼlon qildi.

    Qayd etilishicha, 2024-yilda jinoyat ishlari boʻyicha sudlar tomonidan 77 995 nafar shaxsga nisbatan 61 481 ta jinoyat ishi koʻrib chiqilib 723 nafar shaxs oqlanib, reabilitatsiya qilingan.

    Sudlangan shaxslar soni 61 502 nafarni tashkil etib, shundan 20 659 nafar shaxsga ozodlikdan mahrum qilish va 39 763 nafariga boshqa turdagi jazolar tayinlandi, 1 080 nafar shaxs shartli hukm qilindi. Sudlangan shaxslarning 54 370 nafari erkak, 7 132 nafari ayol, 22 757 nafari yoshlar (shu jumladan 2 214 nafari voyaga yetmagan) va 2 637 nafari 60 yoshdan oshgan shaxslar.

    7 956 nafar shaxs ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolar tayinlanishi munosabati bilan sud zalida qamoqdan ozod qilindi, 33 151 nafari jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 11 581 nafariga tayinlangan jazosi yengili bilan almashtirildi va 14 991 nafar shaxsga nisbatan dastlabki tergov organlari tomonidan asossiz ravishda qoʻyilgan moddalar ayblovdan chiqarib tashlandi yoki qayta malakalandi.

    124 nafar shaxsga (yoshlar, ayollar va boshqalar) kafolat xatlari asosida ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolar tayinlangan.

    33 146 nafar shaxs jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinib, 11 581 nafar shaxsning jazosi yengilrogʻi bilan almashtirildi.

    Hisobot davrida koʻrilgan jinoyat ishlarning aksariyatini

    — firibgarlik,
    — transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish,
    — oʻgʻrilik,
    — giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar,
    — oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish,
    — hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish,
    — qasddan badanga yengil shikast yetkazish,
    — bezorilik,
    — qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish,
    — giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda oʻtkazish bilan bogʻliq jinoyatlar tashkil etadi.

    Yarashuv institutining samarali qoʻllanilishi natijasida 13 434 nafar shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etildi.

    Apellyatsiya tartibida 11 992 nafar shaxsga nisbatan 8 740 ta jinoyat ishi koʻrib chiqildi. 482 nafar shaxsga nisbatan birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 2 598 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari oʻzgartirildi.

    Kassatsiya tartibida 4 497 nafar shaxsga nisbatan 4 025 ta jinoyat ishi koʻrib chiqildi. 322 nafar shaxsga nisbatan birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 1 001 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari oʻzgartirildi.

    Taftish tartibida 5 993 nafar shaxsga nisbatan 5 048 ta jinoyat ishi koʻrib chiqildi. 172 nafar shaxsga nisbatan quyi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 700 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari oʻzgartirildi.

    Oliy sudning Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan taftish tartibida 1 269 nafar shaxsga nisbatan 1 103 ta jinoyat ishi koʻrib chiqildi. 163 nafar shaxsga nisbatan quyi sudlar tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 281 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari oʻzgartirildi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech