— Safimizni adashib kirib qolganlardan tozalash boʻyicha koʻp ishlar amalga oshirildi. Masalan, 2019-yilda jami 7039 nafar xodimga nisbatan intizomiy jazo qoʻllanilgan. Yoʻl harakati qoidalarini buzgan 1223 xodim jarimaga tortilgan. 133 nafari jinoiy javobgarlikka tortilgan, — dedi IIV matbuot kotibi Shohrux Gʻiyosov.
Joriy yilda esa 2350 xodim xizmat intizomini buzgani aniqlandi. 529 nafari yoʻl harakati qoidalarini buzgan hamda 45 nafar xodim jinoiy javobgarlikka tortilgan. 78 nafar xodimimiz karantin qoidalarini buzganlik uchun jarimaga tortilgan, bir nafari ishdan boʻshatilgan. Soʻzda emas, amalda qonun ustuvorligini taʼminlash — asosiy vazifamizdir.