Ikki yil oldin xalqaro fan olimpiadalarida 7 ta hududdan 45 nafar oʻquvchi sovrin olgan boʻlsa, oʻtgan 6 oyda ularning safiga Jizzax, Andijon, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm, Toshkent viloyatlari oʻquvchilari ham qoʻshilib, jami 166 ta medal qoʻlga kiritildi.
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 325 ming yoshlar oʻqitildi. Ayniqsa, Xorazm, Qashqadaryo va Samarqand yoshlari ITdan katta daromad topishni oʻrganib oldi.
Boshqa bir misol: oʻtgan yili 150 mingdan ziyod yoshlarimiz xalqaro til sertifikatlari oldi, bu 2023-yilga nisbatan 2 baravar koʻp.
Xorijiy tillarni mukammal bilish boʻyicha Toshkent shahri, Fargʻona, Namangan, Buxoro va Samarqand yoshlari ancha ilgarilab ketdi.