Koʻchmas mulklarni hisobga olish borasida oʻtgan 12 oy mobaynida 252,9 mingta qoʻshimcha obyekt aniqlanib, roʻyxatga kiritilgan;

oʻtgan yilda 16 893 holatda 2541,3 gektar yer maydoni oʻzboshimchalik bilan egallangani aniqlangan;

shuningdek, 2021-yilda 74 091 ta (3 323,5 ga) yer uchastkasi “Yerelektron” tizimiga kiritildi, shundan 8 636 ta yer uchastkasi auksionda sotildi;

bundan tashqari, 5 876 ta geodeziya punktlari tekshirildi, 592 ta geodeziya oʻlchov ishlari bajarildi;

5 274,5 mingta koʻchmas mulk obyektlari davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.