2018-yilga qadar respublika boʻyicha 1221 gektar maydonda limon yetishtirilgan boʻlib, uning asosiy qismi shaxsiy tomorqalarga toʻgʻri keladi.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi maʼlumotiga koʻra, hozirga qadar mamlakatimizdan 2, 5 ming tonna limon eksport qilingan. Jami yetishtirilgan mahsulot 32 ming tonnani tashkil etgan. 2021-yilda respublika boʻyicha 2332 gektar maydonda limon yetishtirildi.

Respublika boʻyicha faqat “Toshkent” navi eksport qilinadi. 64 foiz limon Rossiya Federatsiyasiga, 32 foiz Qozogʻistonga, qolgan mahsulotlar Qirgʻiziston, Afgʻoniston, Xitoyga eksport qilinmoqda.

Oʻzbekistonda limon yetishtirish boʻyicha Surxondaryo, Qashqadaryo, Fargʻona viloyatlari peshqadam. Respublikada limonni eksport qilish salohiyati boʻyicha esa Fargʻona, Surxondaryo, Toshkent viloyatlari yetakchilik qilmoqda.

Oʻzbekistonga Argentina va Turkiya davlatlaridan limon importi ham yoʻlga qoʻyilgan.