Oʻtgan yili qancha avtomobil ishlab chiqarilgani ochiqlandi

    Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2024-yilning yanvar-dekabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 424 808 dona har xil turdagi yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan.

    Ularning rusumlar boʻyicha taqsimlanishi quyidagicha (dona):

    Cobalt – 164 887;
    Damas – 101 912;
    Lacetti-Gentra – 12 837;
    Tracker – 45 918;
    Onix – 41 661;
    KIA – 19 328;
    Chery – 6 301;
    BYD – 4 004 ​;
    Haval – 2 473;
    Lada – 6;

    maxsus yengil avtomobillar – 25 481 ta avtomobil ishlab chiqarilgan.