Oʻtgan yili talabalarga uy-joyini ijaraga berganlar uchun qoʻllanilgan soliq imtiyozi miqdori maʼlum qilindi

    Soliq toʻlovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan boʻlib, ularga daromad soligʻidan 44,4 mlrd soʻm imtiyoz qoʻllanilgan.

    Bu haqda Soliq qoʻmitasi maʼlum qildi.

    Taʼkidlanishicha, koʻchmas mulk ijara shartnomalarini hisobga qoʻyish «E-ijara" xizmati orqali amalga oshiriladi.

    Soliq qoʻmitasi maʼlumotlar bazasidan olingan axborotlarga koʻra, 2023-yilda:

    • yuridik shaxslar oʻrtasida 145 mingga yaqin ijara shartnomasi tuzilgan. Ijara toʻlovlarining umumiy miqdori 5,3 trln soʻmni tashkil etgan. Hisoblangan soliqlar esa 561,6 mlrd soʻm.
    • jismoniy shaxslar oʻrtasida 386,8 mingta ijara shartnomasi tuzilgan. Ijara toʻlovlarining umumiy miqdori 3,3 trln soʻmni tashkil etdi. Hisoblangan soliqlar 194,8 mlrd soʻm.

    Soliq toʻlovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. Ularga daromad soligʻidan 44,4 mlrd soʻm imtiyoz qoʻllanilgan.