Uni "Alpomish", "Rustamxon" xalq dostonlari, rivoyatlar va boshqa bir qancha asarlarda kuzatishimiz mumkin. Keling endi gender tengligi tushunchasini o'zbek romanchiligining ustuni hisoblangan Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" asari misolida ko'rib chiqsak. Abdulla Qodiriyning ijobiy qahramonlari kuchli jozibadorlik kasb etadi. Otabek o’z davrining ilg’or kishisi, u mamlakat va хalq taqdirini o’ylaydi, feodal zulmning halokatli ekanini ko’rib, undan хalos bo’lish yo’llarini aхtaradi va zamonasi kishilarining ko’pchilligiga yordam qo’lini cho’zishga harakat qiladi. Qodiriy zamonasi kishilarining ko’pchilligiga хos bo’lgan milliy va diniy cheklanganlik illatlarini yengib, ijobiy namunani "yot хalq"dagi idora usulinigina havas qiladi va savdo ishlari bilan Shamayga borganda uning idora uslubini ko’rib, Turkistonda ham хuddi shunday idora uslubi bo’lishini xohlaydi. Biz bu o'rinda Otabekning qanchalik samimiy ekanini ko'rsak, boshqa bir o'rinda Kumushbibining otasi va yorini dordan saqlab qoladigan darajadagi jasoratiga guvoh bo'lamiz.  

“Oʻtkan kunlar” romani bamisoli ulkan va tiniq koʻzgu, unda oʻzbek millatining muayyan tarixiy sharoit, vaziyatdagi turmushi, urf-odatlari, ruhiy-maʼnaviy dunyosi, boʻy-basti, qiyofasi keng koʻlamda aniq-ravshan tasvirlanadi. Romandagi uchlik — oshiq, maʼshuqa va agʻyor, bir qarashda, anʼanaviy ishq dostonlarini ham eslatadi. Unda Otabek bilan Kumushning toza muhabbati, ishqiy kechinmalari, baxti va baxtsizligi juda zoʻr mahorat bilan koʻrsatiladi. Asardagi juda kam insonlar qalbidan chuqur joy oladigan bir “durri bebaho” — ishq-muhabbat tuygʻusiga doir inja tafsilotlar kitobxonni hayajonga soladi. Otabek bilan Kumushning saodatli onlaridan mahrum etgan fojiaviy sahnalar kishini chuqur oʻyga toldiradi. Asarni o'qiganimda oilaviy munosabatlarda gender muvozanatning saqalanganligiga guvoh bo'lganman. Ammo bizda o'zbekchilik deyishadi ko'p masalalarni. Shu o'rinda aytib o'tish kerakki, qiz bola turmush qurayotganda ota-onasi u uchun hukm chiqargan avvallari. Hozir ham ba'zi paytlarda shunday. Menimcha bu holatda gender muvozanat ozgina buziladi. Lekin asarda ayollar ham, erkaklar ham oilaning har narsadan ustunligini shaxsiyatlarida mujassam etgan. Agar asardagi kabi ayollar ham, erkaklar ham o'z hurmatlarini bilishsa hech qachon yosh-yosh oilalar erta barham topmaydi. 

Mushtariy XAITOVA, 

Toshkent shahar Yangihayot tumani 329-maktab 7-"G" sinf o'quvchisi