Uchrashuv Rossiyaning ushbu nufuzli taʼlim tashkiloti delegatsiyasining Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida tashkil etildi.
Uchrashuvda tomonlar oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Xususan, Oʻzbekistonda oliy taʼlim tizimini modernizatsiya qilish vazifalarini hisobga olgan holda, “Skolkovo” dasturlari asosida respublika oliy taʼlim muassasalari rahbarlari tarkibini oʻqitish yuzasidan hamkorlikda ishlash istiqbollari koʻrib chiqildi.
Maʼlumot uchun, ayni paytda Oʻzbekiston davlat tashkilotlarida hamda jamiyat hayotining turli sohalarida Skolkovo boshqaruv maktabining 30 nafar bitiruvchisi faoliyat yuritmoqda.