Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uychi tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.N. fuqaro Yu.ning ishonchiga kirib, uni Namangan davlat universitetiga davlat granti asosida oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 1 000 AQSH dollari va 5,2 mln soʻmni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.