Respublika Oliy taʼlim kengashi raisi Oʻktam Umurzoqovning maʼlum qilishicha, sentyabr oyidan yuqori bosqich (ikkinchi bosqichdan boshlab) talabalari uchun oʻqish onlayn tarzda boshlanadi. deya xabar bermoqda OʻzA muxbiri.

—Mart oyidan buyon biz onlayn tizimida darslarni oʻtkazyapmiz, lekin xohlaymizmi, yoʻqmi, onlayn tizimi odatiy, yuzma-yuz dars oʻtish tizimining oʻrnini bosa olmaydi. Hozircha sentyabr oyidan 2, 3 va 4-kurs talabalariga oʻqishni onlayn tarzda boshlaymiz, oktyabr oyida 1-kurslarni ham qabul qilib olganimizdan keyin pandemiya sal yumshasa, unda balki anʼanaviy tizimga yana qaytarmiz, — dedi Oʻktam Umurzoqov.