Bir necha oydan buyon talaba-yoshlar uchun Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan filmlarning namoyishlari boʻlib oʻtmoqda.
Jumladan, kuni kecha Buxoro davlat universitetida “Qor yogʻmoqda oppoq qor”, Qoraqalpoq davlat universitetida “Sumbul”, Fargʻona davlat universitetida esa “Qoʻqon shamoli” badiiy filmlari yoshlar uchun namoyish etildi.
Yoshlarning vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida oʻtkazilayotgan bu kabi namoyishlar talaba-yoshlarda iliq taassurot qoldirmoqda.