Ovchilarga ovchilik nazorati inspektori maqomi beriladi

    Xavfsizlik 24 Noyabr 2023 1528

    2023-yil 20-noyabrda Vazirlar Mahkamasining “Jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida ovchilar jamoat birlashmalari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi 609-son qarori qabul qilindi.

    Hujjat bilan Ovchilik nazoratining jamoatchi inspektori toʻgʻrisidagi namunaviy nizom tasdiqlangan boʻlib, unga koʻra:

    jamoatchi inspektorlarning faoliyati adliya organlarida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan ovchilar jamoat birlashmalari tarkibida tashkil etilishi mumkin;

    inspektorlar soni ovchilar birlashmalari sonidan va ularning joylashuvidan kelib chiqib belgilanadi;

    inspektorlar oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradilar, ular bilan mehnat shartnomasi rasmiylashtirilmaydi va ish staji hisoblanmaydi;

    inspektorlar vazifalarni bajarishga faqat ish joyidan boʻsh vaqtlarida jalb etilishi mumkin;

    ariza 30 kun ichida ovchilar jamoat birlashmasi rahbarlik organi tomonidan Ekologiya vazirligi Oʻrmon xoʻjaligi agentligi hamda ichki ishlar organlarining vakillari ishtirokida koʻrib chiqiladi;

    ariza qanoatlantirilganda shaxsga 3 yil muddatga tegishli guvohnoma beriladi.

    Jamoatchi inspektorning asosiy vazifalari:

    tabiatni muhofaza qilishga masʼul davlat organlarini, shuningdek, ovchilik birlashmalarini, tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar haqida xabardor qilish;

    sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish va aniqlashga qaratilgan, tabiatni muhofaza qilishga masʼul inspektorlar tomonidan oʻtkazilayotgan patrullik reydlarida ishtirok etish;

    huquqni muhofaza qiluvchi organlarni chegaroldi hududlardagi begona va shubhali shaxslar haqida xabardor qilish.

    Shuningdek, quyidagilarni belgilovchi Quroldan xavfsiz foydalanish qoidalariga oʻqitish boʻyicha

    qisqa muddatli maxsus oʻquv kurslari toʻgʻrisida nizom tasdiqlanmoqda:

    kursga qabul qilish;

    oʻquv dasturi hajmini belgilash;

    tegishli guvohnoma berish;

    kurslarni tamomlagan shaxslarni reyestrini yuritish tartibini.

    Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 2023-yil 21-noyabrdan kuchga kirdi, deb xabar beradi “Norma”.