Hujjat bilan Ovchilik nazoratining jamoatchi inspektori toʻgʻrisidagi namunaviy nizom tasdiqlangan boʻlib, unga koʻra:

jamoatchi inspektorlarning faoliyati adliya organlarida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan ovchilar jamoat birlashmalari tarkibida tashkil etilishi mumkin;

inspektorlar soni ovchilar birlashmalari sonidan va ularning joylashuvidan kelib chiqib belgilanadi;

inspektorlar oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradilar, ular bilan mehnat shartnomasi rasmiylashtirilmaydi va ish staji hisoblanmaydi;

inspektorlar vazifalarni bajarishga faqat ish joyidan boʻsh vaqtlarida jalb etilishi mumkin;

ariza 30 kun ichida ovchilar jamoat birlashmasi rahbarlik organi tomonidan Ekologiya vazirligi Oʻrmon xoʻjaligi agentligi hamda ichki ishlar organlarining vakillari ishtirokida koʻrib chiqiladi;

ariza qanoatlantirilganda shaxsga 3 yil muddatga tegishli guvohnoma beriladi.

Jamoatchi inspektorning asosiy vazifalari:

tabiatni muhofaza qilishga masʼul davlat organlarini, shuningdek, ovchilik birlashmalarini, tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar haqida xabardor qilish;

sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish va aniqlashga qaratilgan, tabiatni muhofaza qilishga masʼul inspektorlar tomonidan oʻtkazilayotgan patrullik reydlarida ishtirok etish;

huquqni muhofaza qiluvchi organlarni chegaroldi hududlardagi begona va shubhali shaxslar haqida xabardor qilish.

Shuningdek, quyidagilarni belgilovchi Quroldan xavfsiz foydalanish qoidalariga oʻqitish boʻyicha

qisqa muddatli maxsus oʻquv kurslari toʻgʻrisida nizom tasdiqlanmoqda:

kursga qabul qilish;

oʻquv dasturi hajmini belgilash;

tegishli guvohnoma berish;

kurslarni tamomlagan shaxslarni reyestrini yuritish tartibini.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 2023-yil 21-noyabrdan kuchga kirdi, deb xabar beradi “Norma”.