Unga ko'ra, qariyb 20 gektar yer maydonida investitsiyaviy loyihalar doirasida 40 ta ikki qavatli zamonaviy kottejlar, suzish havzalari, sanatoriy va davolanish maskani, o'yingohlar, chang'i yo'lakchasi, do'konlar, sport olimpiadalari uchun alohida suzish havzasi, osma dor yo'li, shuningdek, hayvonot bog'ini barpo etish ham ko'zda tutilgan, deb xabar beradi Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati.
Tumanning turistik salohiyatini yanada rivojlantirish uchun xizmat qiladigan mazkur loyihaga 40 million AQSH dollarlik sarmoya kiritilishi reja qilindi.
— Men Shveytsariyada yashayman va biznes yuzasidan ko'plab mamlakatlarda bo'lganman. Bu yerning havosi hatto Shveytsariyada ham topilmaydi. Ayrim dori-darmonlar tuzata olmaydigan ba'zi kasalliklar aynan tog' havosi bilan tuzalgani bois, mening biznesdagi hamkorlarim mazkur loyiha ustida ish olib borishimni eshitib, tezlashtirishimni so'rayapti. Shu sababli, men nafaqat daromad topish, balki mazkur maskan o'zining shifobaxsh havosi bilan menga qiziqish uyg'otgani uchun turistlar oqimini tumaningizga ko'proq jalb qilishga ham o'z hissamni qo'shmoqchiman, — deydi investor Evrol international” MCHJ bosh direktori va ta'sischisi Zoyerengre Boukari Burkinabe.