Oxirgi 6 oyda 25 290 kishi Toshkent shahriga doimiy yashash uchun ko'chib kelgan

    Bu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davriga nisbatan 4 170 kishiga kamaygan.

    2022-yil yanvar-iyun oylarida respublikaning boshqa hududlaridan Toshkent shahriga doimiy yashash uchun ko'chib kelganlar soni 25 290 kishini tashkil etdi. Bu haqida Davlat statistika qo'mitasi xabar bermoqda.

    Bu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davriga nisbatan 4 170 kishiga kamaygan.

    Shunday qilib, Toshkent shahriga ko'chib kelganlardan:

    Erkaklar —12 086 kishi

    Ayollar — 13 204 kishini tashkil etadi.

    2022-yil yanvar-iyun oylarida Toshkent shahridan respublikaning boshqa hududiga doimiy yashash maqsadida ko'chib ketganlar soni esa 4813 nafar.