Eron davlat axborot agentligi — IRNA va boshqa rasmiy ommaviy axborot vositalari eron Oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyning vafot etganini tasdiqlashmoqda.
Xabarlarga ko'ra, u 28 fevral` kuni Isroil va AQSH tomonidan Tehrondagi qarorgohiga berilgan havo zarbalari natijasida halok bo'lgan.
U 37 yil davomida Eron Oliy rahbari lavozimida faoliyat yuritgan edi. Mamlakat bo'ylab 40 kunlik umummilliy motam e'lon qilindi.
Endi Eronni vaqtinchalik prezident va sud hokimiyati rahbaridan iborat kengash boshqaradi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp ham Eron rahbarining o'limi haqida xabar bergan edi.