Oyda birinchi marta vodorod topildi

    Tadqiqotchilar “Apollon” missiyasi tomonidan Yerga yuborilgan Oy tog' jinslarining yangi tahlilini o'tkazdi va birinchi marta vodorod borligini aniqladi.

    Bu kashfiyot kelajakda Oydan suv olish mumkinligiga umid uyg'otadi.

    Vodorod 79221-sonli tuproq namunasida topilgan. Olimlar u Quyosh shamolining doimiy oqimlari va tabiiy yo'ldosh yuzasiga kometa ta'sirida paydo bo'lgan degan xulosaga kelishdi.

    Dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra, Oyga atigi bir shisha suv yetkazib berish narxi bir necha ming dollarni tashkil qiladi. Tabiiy yo'ldoshda to'g'ridan-to'g'ri suv ishlab chiqarish imkoniyatining yuzaga kelishi xarajatlarni sezilarli darajada kamaytiradi.

    Ilgari olimlar Oy muzidan suv olishni taklif qilishgan. Shuningdek, moddani uning tarkibiy qismlariga (vodorod va kislorod) ajratish va raketa yoqilg'isi uchun ishlatish mumkin.

    2020-yilda SOFIA infraqizil teleskopidan olingan ma'lumotlarga ko'ra, muz faqat qutblar yaqinidagi soyali hovuzlarda emas, balki Oy yuzasida ham keng tarqalgan bo'lishi mumkin. Yangi kashfiyot bu xulosalarni tasdiqlaydi – kosmonavtlar qutblarda emas, balki ekvator yaqinida tuproq namunalarini yig'ishdi.

    Yana bir tahlil oy jinslarida oltingugurtning mavjudligini ko'rsatdi. Element bir kun kelib astronavtlarga Oyda batareyalar va boshqa infratuzilmalarni ishlab chiqishda asqatishi mumkin, deb xabar beradi mir24.tv.