Mutaxassislar shishali sharlarni mikroskop va spektroskoplardan foydalangan holda tahlil qilish chogʻida ularda vodorod izotoplari mavjud boʻlgan suv borligini aniqlashdi. Avvalgi tadqiqotlar sharlarda kislorod boʻlishi mumkinligini koʻrsatgan edi, shuning uchun tadqiqotchilar vodorod bu element bilan birlashib, suv hosil qiladi, deb taxmin qilmoqda.
Suv tahlili bu suyuqlik quyosh shamoli taʼsirida hosil boʻlganini koʻrsatdi. Quyosh zarralarining bu oqimi Yerning tabiiy yoʻldoshiga yulduz taʼsir qilganda yuzaga tushadi. Meteoritlar doimiy ravishda Oyga tushayotganligi sababli, bu sharlar butun Oy yuzasi boʻylab tarqalgan boʻlishi mumkinligini anglatadi. Ular gubka kabi suvni shimib oladi. Olimlarning fikricha, topilmalarda 300 milliard tonnaga yaqin suv saqlanishi mumkin, deyiladi mir24.tv saytida.