Buning uchun uskunalar yaqin oylarda SpaceX kosmik kemasi tomonidan Yer sunʼiy yoʻldoshiga yetkaziladi.
Finlyandiya telekommunikatsiya kompaniyasi uch yil avval Oyda LTE uyali aloqa tarmogʻi yaratilishini eʼlon qilgandi, biroq bu yoʻnalishdagi ishlar biroz kechikib ketgan edi.
Nokia kompaniyasi NASA bilan 14 million dollardan ortiq shartnoma tuzgan.
Dastlab Sheklton kraterida oʻrnatilgan uyali tarmoq signal barqarorligi va ishonchliligini taʼminlaydi va radioaloqadan voz kechishga imkon beradi, dedi kompaniya.
Muhandislarning fikricha, Oyga yetkazilgandan soʻng tarmoq avtomatik tarzda oʻrnatiladi va qoʻnish moduli va yer sunʼiy yoʻldoshi sirtini tadqiq etayotgan uchuvchisiz transport vositasi oʻrtasidagi aloqani taʼminlaydi.
AQSH Oy bazasi mavjudligini taʼminlash uchun mobil aloqa tarmogʻini yaratish boʻyicha ishlarga 2028-yilda kirishadi, deb xabar beradi aif.ru.