Meksika chempionatining “Keretaro” – “Atlas” jamolari oʻrtasidagi oʻyini 62-daqiqada toʻxtatildi. Bunga muxlislar oʻrtasidagi mushtlashuv sabab boʻldi.

Tribunada boshlangan toʻpalon bir necha daqiqadan soʻng futbol maydonida davom etdi. Ishqibozlar bir-birlarini armatura va stullar bilan urishgan. Sky Sports xabarida aytilishicha, tartibsizliklar natijasida 22 kishi jarohatlangan, ulardan 9 nafari shifoxonaga yotqizilgan, 2 nafarining ahvoli ogʻir. Ayrim manbalarda 17 kishi halok boʻlgani ham aytilmoqda.