Xususan, Toshkent viloyati Toshkent tumani, “Ko'ksaroy” MFYda faoliyat yuritib kelayotgan “YAG'MUR PARRANDA SERVIS” fermer xo'jaligiga qarashli parranda yetishtirish korxonasi haqiqiy iste'mol qilgan elektr energiya sarfini yashirib, oylik hisobotlarni kamaytirib ko'rsatilgan holda topshirib kelganligi aniqlanib, hisobotlarda ko'rsatilmagan elektr energiyasi bo'yicha 194 mln. so'm iste'molchiga undirishga qaratildi.

Ushbu hajmdagi elektr energiyasi hozirgi kunda 2 ming ta xonadonning bir oylik iste'moliga teng miqdorni tashkil qiladi.

Elektr energiyasidan noqoqnuniy foydalanish holatlari bo'yicha o'rganishlar davom etmoqda.