Oyning narigi tomonida tuproq namunalarini olgan Xitoy zondi Yerga qaytmoqda

    Tarixda birinchi marta Oyning narigi tomonida tuproq namunalarini to'plagan Xitoyning “Chane-6” zondi YEr tabiiy yo'ldoshi yuzasidan havoga ko'tarildi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar bermoqda.

    Xitoy Milliy koinot boshqarmasi (CNSA) ta'kidlaganidek, qurilma Oy atrofida oldindan belgilangan orbitaga chiqdi.

    “Chan'e-6” ikkita usuldan – Oy yuzasi ostida namunalar yig'ish uchun burg'ilashdan va Yerning tabiiy yo'ldoshi yuzasidan namunalarni olish uchun robot qo'ldan foydalandi. U turli joylarlardan har xil namunalarni to'pladi. Namuna olish tugallangach, Oyning narigi tomonida birinchi marta Xitoyning davlat bayrog'i o'rnatildi.

    Bortida “Chan'e-6” zondi bo'lgan “Chanchjen-5” raketa-tashuvchisining uchirilishi 3-may kuni Xaynan orolidagi Venchan kosmodromida bo'lib o'tdi. 2-iyun kuni zond Oyning narigi tomoniga muvaffaqiyatli qo'ndi, deb xabar beradi lenta.ru.