Bu haqda Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlumotlarga qaraganda, ushbu holat Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani 2-sonli Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida tasvirga olingan.
Mazkur holat Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi masʼullari tomonidan atroflicha oʻrganib chiqildi va Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tomonidan nazoratga olindi.
Holat yuzasidan tumandagi barcha Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbarlari va boʻlim xodimlari ishtirokida yigʻilish chaqirilib, 2-sonli Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi N.X bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.