Bojxona organlari tomonidan naqd xorijiy hamda milliy valyutalarning yurtimiz chegaralari orqali noqonuniy olib oʻtilishiga qarshi samarali kurash olib borilmoqda.

Xususan, “Toshkent xalqaro aeroporti” chegara bojxona posti inspektorlari tomonidan xorijga uchib ketayotgan fuqaro G.Oʻ. oʻrnatilgan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkaziladi.

Koʻrik natijasida fuqaro tomonidan yozma deklaratsiyalangan 6640 AQSH dollaridan tashqari, uning yuklarida jismoniy shaxslar tomonidan yozma deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan ammo krossovka va choy paketi ichiga joylangan hamda shu tarzda bojxona nazoratidan yashirilgan 21 970 AQSH dollari borligi aniqlandi.