Bu haqda Bolalar ombudsmani maʼlum qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bolalar ombudsmani Bosh prokuraturaga kiritgan soʻrovi asosida RF Tergov Qoʻmitasining Novosibirsk shahri (Oktyabrskiy rayoni) tergov boshqarmasi tomonidan A.G.ga nisbatan RF JK 117-moddasi (Qiynash) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgani haqida avvalroq xabar bergan edi.
Rossiya Federatsiyasi Tergov Qoʻmitasining axborotiga koʻra, mazkur jinoyat ishi sud tomonidan koʻrib chiqilib, A.G. RF JK 117-moddasi 2-qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 4-yilga ozodlikdan mahrum qilingan hamda jazoni umumiy tartibli koloniyada oʻtash belgilangan.