баннер
25 Mar 2025
15:54

    Ozarbayjon Armanistondan yetkazilgan zararni to'liq qoplab berishni talab qildi

    Ozarbayjon Armanistonga qarshi Gaagadagi doimiy arbitraj sudiga da'vo arizasi bilan murojaat qilib, atrof-muhitga yetkazilgan zararni qoplash, Qorabog' va Sharqiy Zangezurning noyob tabiatini vayron qilgani uchun tovon puli talab qildi.

    Bu haqda Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

    Da'vo 1979-yildagi “Yevropada yovvoyi fauna va florani va tabiiy yashash joylarini saqlash to'g'risidagi” konventsiya (“Bern konvensiyasi”) asosida 12 fevral kuni kiritildi.

    Ozarbayjonning Armanistonga qarshi da'vosi Bern konvensiyasiga asoslangan birinchi davlatlararo arbitraj jarayonidir, deya ta'kidladi Tashqi ishlar vazirligi.

    Hujjatda Armaniston tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha yuridik majburiyatlarini ko'p miqdorda buzilgani haqida so'z boradi, deb xabar beradi report.az.

    “Ozarbayjon o'z hududlarini okkupatsiyadan ozod qilgandan so'ng, Armaniston tomonidan atrof-muhit vayron qilinganining dahshatli faktlarini fosh qildi. Mamlakat dunyodagi bioxilma-xillikning eng boy nuqtalaridan biridagi yashash joylari va turlarini himoya qila olmadi. Armanistonning harakatlari mintaqadagi yovvoyi tabiat va turlarga o'nglab bo'lmas zarar etkazdi”, deyiladi bayonotda.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech