Uchrashuvda temir yoʻl tashuvlari sohasidagi hamkorlik aloqalarining bugungi holati muhokama etilib, ikki mamlakat temir yoʻl maʼmuriyatlari tomonidan ushbu yoʻnalishda olib borilayotgan saʼy-harakatlarga yuqori baho berildi.
Shuningdek, tomonlar “Osiyo-Tinch okeani mintaqasi – Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston – Turkmaniston – Ozarbayjon – Gruziya – Turkiya – Yevropa” xalqaro multimodal yoʻnalishini yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashdi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.