Ozarbayjon Oʻzbekistonga 50 ming doza AstraZeneca vaksinasini taqdim etdi

    Salomatlik 16 Iyul 2021 973

    Ozarbayjon COVAX global tashabbusining hamkori sifatida Oʻzbekistonga 50 ming doza AstraZeneca vaksinasini taqdim etdi.

    Ushbu vaksinalar Ozarbayjon Respublikasi elchixonasi koʻmagida Toshkentga keltirildi.

    YUNICEF bilan hamkorlikda barcha mamlakatlarga vaksinalarning teng taqsimotini taʼminlash maqsadida amalga oshirilgan bu amaliyotdan soʻng Oʻzbekistonning vaksina zaxirasi 7 million 580 ming dozaga yetdi.

    Eslatib oʻtamiz, aprel oyida COVAX dasturi doirasi mamlakatimizga 660 ming doza AstraZeneca vaksinasi keltirilgan edi.