Ozarbayjon Prezidenti Oʻzbekiston Senati Raisini qabul qildi

    Xalqaro hamkorlik 30 Iyun 2022 1056

    Senat Raisi T.K.Narbayeva boshchiligidagi parlament delegatsiyasining tashrifi doirasida joriy yil 30-iyunda Boku shahrida Ozarbayjon Prezidenti I.G.Aliyev bilan uchrashuv tashkil etildi.

    Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Ozarbayjon hamkorligini, xususan, ikki mamlakat parlamentlari orqali rivojlantirishning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

    Ozarbayjon Respublikasi rahbarining yaqinda Oʻzbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlarni amalda roʻyobga chiqarish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.